Siz IT mutaxassisi/konsultant sifatida TechHouse kompaniyasining biznes ehtiyojlari uchun hisobot tayyorlashga yollangansiz. Sizning vazifangiz — kompaniyaning hozirgi holatini baholash va uning doimiy o‘sishi hamda kelajakdagi elektron tijorat (e-commerce) faoliyatini ishga tushirish uchun

Unit 1 Axborot Texnologiyalari Tizimlari
BTEC Unit 1 Assignment Brief
Qualification Pearson BTEC International Level 3 qualifications in Information Technology
Unit number and title
Unit 1: Axborot Texnologiyalari Tizimlari
Learning aim(s) (For NQF only) A: Tashkilotlar va ularning manfaatdor tomonlari ehtiyojlarini IT infratuzilmasi qanday qilib qondirishini o’rganing.
Assignment title TechHouse uchun IT infratuzilmasi va tizimlari bo‘yicha hisobot.
Vocational Scenario or Context
TechHouse – bu maishiy texnika sotadigan va o‘sib borayotgan chakana savdo kompaniyasi bo‘lib, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar, konditsionerlar va kichik oshxona jihozlari kabi keng turdagi mahsulotlarni taklif qiladi. Mijozlar talabining ortishi va biznesning muvaffaqiyatli o‘sishi sababli, TechHouse hozirda mamlakat bo‘ylab beshta jismoniy do‘kon faoliyat yuritmoqda va to‘liq integratsiyalashgan elektron tijorat platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya Maykl Turnerga tegishli bo’lib u barcha asosiy biznes qarorlarga mas’uldir. Biznes kengaygani sari, bir nechta joylashuvlar bo‘yicha savdo, inventarizatsiya, xodimlar, yetkazib beruvchilar va mijozlar ma’lumotlarini boshqarish tobora murakkablashmoqda. Hozirgi vaqtda ko‘plab biznes jarayonlari qisman qo‘lda amalga oshiriladi va to‘liq integratsiyalashmagan, bu esa samaradorlikning pasayishiga, ma’lumotlarning takrorlanishiga va qaror qabul qilishda kechikishlarga olib kelishi mumkin.

Maykl Turner axborot texnologiyalaridan (IT) quyidagi maqsadlarda foydalanmoqchi:

Umumiy biznes samaradorligini oshirish
Beshta do‘kon operatsiyalarni markazlashtirish
Onlayn savdo va raqamli xizmatlarini tadbiq qilish
Do‘kon va onlayan hizmatlarini takomillashtirish
Biznes ma’lumotlariga darhol va qulay kirish imkoniyatini barpo etish

Task 1
Siz IT mutaxassisi/konsultant sifatida TechHouse kompaniyasining biznes ehtiyojlari uchun hisobot tayyorlashga yollangansiz. Sizning vazifangiz — kompaniyaning hozirgi holatini baholash va uning doimiy o‘sishi hamda kelajakdagi elektron tijorat (e-commerce) faoliyatini ishga tushirish uchun IT tizimlari va infratuzilmasidan qanday foydalanish mumkinligi tog’risida hisobot tayorlang.

TechHouse kompaniyasining IT ehtiyojlarini tahlil qiling va mos IT tizimlari jismoniy do‘konlar hamda elektron tijorat (e-commerce) platformasi orqali kompaniya faoliyati, xodimlar va mijozlar uchun qanday foydalanilishi mumkinligini tushuntiring.

IT Talablari – TechHouse
Barcha xodimlar o‘z vazifalarini samarali bajarishi uchun IT tizimidan foydalanish imkoniyati.
Xodimlar, yetkazib beruvchilar, mahsulotlar, mijozlar va savdo operatsiyalari bo‘yicha markazlashtirilgan ma’lumotlar saqlash tizimi.
Mijozlarga quyidagi imkoniyatlarni beruvchi elektron tijorat (e-commerce) tizimi:
mahsulotlarni ko‘rish va tanlash
real vaqt rejimida mavjudligini tekshirish
buyurtma berish va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish
yetkazib berish yoki do‘kondan olib ketishni tanlash
Barcha do‘konlarda savdoni amalga oshirish va zaxiralarni avtomatik yangilash uchun POS (Point of Sale) tizimlari.
Inventarizatsiya boshqaruv vositalari — ombordagi zaxira darajasini kuzatish, yetkazib beruvchilarni boshqarish va kam qolgan mahsulotlar bo‘yicha ogohlantirishlarni olish.
Do‘konlar, bosh ofis, ombor va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jamoalari o‘rtasida samarali axborot almashishni ta’minlovchi aloqa tizimlari.
Rahbariyat uchun hisobotlar, savdo ma’lumotlari va zaxira holatini xavfsiz tarzda ko‘rish imkonini beruvchi onlay tizim.
Barcha do‘konlar uchun ishonchli internet aloqasi, jumladan xodimlar uchun xavfsiz tarmoqlar va ixtiyoriy bepul mijoz Wi-Fi tarmog‘i.
Biznes va mijozlar ma’lumotlarini himoyalash uchun xavfsizlik choralari, jumladan kirishni nazorat qilish, ma’lumotlarni shifrlash va muntazam zaxira nusxalarini yaratish.

Checklist of Evidence Required
Yozma IT hisoboti
Aniqlangan IT yechimlari (misollar bilan)
Talabalar har bir talab uchun kamida bitta real yechimni ko‘rsatishlari kerak, masalan:
Diagrammalar (kamida bittasi)
Jadvallar
Skrinshotlar / Maketlar (mock-up)
Elektron tijorat (e-commerce) bo‘yicha skrinshotlar
Criteria covered by this task:
Unit/Criteria reference To achieve the criteria you must show that you are able to:
A.D1 IT infratuzilma tashkilot va uning manfaatdor tomonlariga (stakeholderlariga) qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini baholang.
A.M1 IT infratuzilma tashkilot va uning manfaatdor tomonlariga (stakeholderlariga) qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tahlil qiling.
A.P1 Dasturiy ta’minot tashkilot va uning manfaatdor tomonlari (stakeholderlari) ehtiyojlarini qanday qondirishi mumkinligini tushuntiring.
A.P2 Qaysi jihozlar (hardware) tashkilot va uning manfaatdor tomonlari (stakeholderlari) ehtiyojlarini qanday qondirishi mumkinligini tushuntiring.
A.P3 Qaysi aloqa va tarmoq turlarini tashkilot va uning manfaatdor tomonlari (stakeholderlari) ehtiyojlarini qondirishi mumkinligini tushuntiring.
Sources of information to support you with this Assignment
Turban, E., Pollard, C., & Wood, G. (2018) – Information Technology for Management: On-Demand Strategies for Performance, Growth and Sustainability. Wiley. ISBN: 978-1119542106

Covers IT infrastructure, e-commerce systems, cloud computing, and IT management strategies.
Laudon, K.C. & Laudon, J.P. (2020) – Management Information Systems: Managing the Digital Firm. Pearson. ISBN: 978-0135191759

Explains IT systems for business operations, databases, ERP, CRM, and e-commerce platforms.
O’Brien, J.A. & Marakas, G.M. (2019) – Introduction to Information Systems. McGraw-Hill. ISBN: 978-1260085707

Introduces IT system types, hardware, software, networks, and their applications in businesses.
Turban, E., McLean, E., & Wetherbe, J. (2019) – Information Technology for Management. Wiley. ISBN: 978-1119542106

Focuses on implementing IT solutions for business efficiency, cloud systems, and IT strategy.
Other Assessment Materials Attached to This Assignment Brief
e.g., work sheets, risk assessments, case study

✍️ Get Writing Help